Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Rossiyada harbiy holat joriy etilishi mumkinmi? - Peskov javobi

Rossiyada harbiy holat joriy etilishi mumkinmi? - Peskov javobi

Rossiyada yoki mamlakatning alohida regionlarida harbiy holat joriy etish rejalashtirilmagan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

"Yo‘q, bunday reja yo‘q", - dedi Peskov jurnalistlarning Rossiya hududida harbiy holat joriy etish rejalashtirilgani to‘g‘risidagi savoliga javoban.

Avvalroq AQSh milliy razvedkasi rahbari Avril Heyns senatdagi tinglovlarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda harbiy holat joriy qilishi mumkinligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24 fevralda Ukrainada “maxsus operasiya” boshlanganini e’lon qilgandi.

Kiritildi: 04:40 12.05.2022. O'qildi: 5813 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!