Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiyada ham tibbiyot niqoblari taqchilligi kuzatildi

Rossiyada ham tibbiyot niqoblari taqchilligi kuzatildi

Maxsus niqoblar ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi korxonalar ushbu mahsulotga bo‘lgan talab xavfli koronavirus tarqalishi xavotiri oqibatida kuchayib ketganini e’lon qildi.

Xabarga ko‘ra, «FK Puls» farmasevtik kompaniyasi vakili niqoblarning to‘liq sotib bo‘linganini bildirgan. Shuningdek, u mahsulot narxi qimmatlashishga ham ulgurmaganini qayd etgan.

«Niqoblar qolmagan. Ayni vaqtda may oyi boshidan ularga navbat olinmoqda», — deydi tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqaruvchi «Leyko» korxonasi vakili.

«Jahon bozorida ushbu mahsulotlarga bo‘lgan talabning ortishi sababli katta hajmdagi buyurtmalarni amalga oshirishda qo‘shimcha vaqt olishga to‘g‘ri kelmoqda», — degan «ZM» firmasi xodimi.

Avval Rossiyada tibbiyot niqoblarining narxi keskin qimmatlagan. Baykalbo‘yida 3 fevral kuni bir sutka ichida niqobning narxi 1 rubl 20 tiyindan 10 rublgacha qimmatlashgan. Ursk viloyatida ularning narxi 35 baravarga oshgan ya’ni 1 rubldan 35 rublga ko‘tarilgan. Dog‘istonda viruslardan himoya vositasiga o‘rtacha narxdan 650 foizga ortgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin, dorilar va himoya vositalari narxlarning sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ygan dorixonalarni lisenziyadan mahrum qilishga chaqirgan.

Kiritildi: 12:39 07.02.2020. O'qildi: 2110 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!