Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyada giyohvand modda sabab qamalgan basketbolchi Viktor Butga almashtirildi

Rossiyada giyohvand modda sabab qamalgan basketbolchi Viktor Butga almashtirildi

AQShda qariyb 15 yil qamoqda o‘tirgan Rossiya fuqarosi Viktor But amerikalik basketbolchi Brittni Graynerga almashtirildi. Bu haqda RIA Novosti Tashqi ishlar vazirligiga asoslanib, xabar berdi.

Mahkumlarni almashtirish jarayoni BAA poytaxti Abu-Dabi aeroportida o‘tkazildi.

“Uzoq vaqt davomida Rossiya Federasiyasi AQSh bilan Butni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgandi. Vashington rossiyalikni ayirboshlash sxemasiga kiritish bo‘yicha muloqotni qat’iyan rad etayotgandi”, - deya eslatgan departament.

Xabarga ko‘ra, uzoq davom etgan diplomatik sa’y-harakatlar Moskva va Vashingtonga kelishuvga erishish imkonini bergan. Rossiya fuqarosi vataniga qaytarilgan.

AQSh prezidenti Jo Baydenning so‘zlariga ko‘ra, u sportchi bilan telefonda gaplashgan. Grayner allaqachon uyiga uchib ketgan.

Kiritildi: 16:27 09.12.2022. O'qildi: 1519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!