Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiyada fuqaro vaksina deb oddiy suv bilan “emlangan”

Rossiyada fuqaro vaksina deb oddiy suv bilan “emlangan”

RF Kaluga viloyatining “Jukovskiy” nomidagi markaziy shifoxonasida fuqaro koronavirusga qarshi vaksina o‘rniga suv bilan “emlangan”. Hodisa jamoatchilikka oshkor bo‘lgach, viloyatdagi barcha emlash punktlari tekshiruvdan o‘tkazilishi, bunday qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan tibbiyot xodimi esa ishdan bo‘shatilishi ma’lum qilindi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu hodisa O‘zbekistonda sodir bo‘lgani haqida ham ayrim xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati mazkur hodisa O‘zbekistonda bo‘lmaganini tasdiqladi.

Kiritildi: 15:55 09.07.2021. O'qildi: 2384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!