Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyada COVID-19 vaksinasi odamlarda sinovdan o‘tkazildi

Rossiyada COVID-19 vaksinasi odamlarda sinovdan o‘tkazildi

Rossiya Federasiyasining N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqotlar markazi mutaxassislari yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinasini sinab ko‘rdi va tajriba muvaffaqiyatli o‘tdi.  

Olimlarning ma’lum qilishicha, tajribada uni ishlab chiqqan, klinik tadqiqotlargacha ishlarni tashkil etgan insonlar, texnologlar ishtirok etishgan va ularda immunitet saqlanib qolgan, hech qanday salbiy ta’sirlar aniqlanmagan. Markaz direktorining so‘zlariga ko‘ra, vaksina sinab ko‘rilgandan so‘ng, barcha ixtirochilar “tirik, sog‘lom va baxtli”.

Hozirda vaksina klinik sinovgacha davrning yakuniy bosqichida va primatlarda qo‘shimcha tekshirilmoqda. Tekshirishlar natijasi olinganidan so‘ng klinik tadqiqot uchun Sog‘liqni saqlash vazirligining ruxsati talab etiladi va shundan keyin ko‘ngillilarda sinov boshlanadi.  

Vaksinaning klinik sinovlarini yoz oxirigacha yakunlash rejalashtirilmoqda.

Kiritildi: 09:43 23.05.2020. O'qildi: 4907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!