Rossiyadagi suv havzalarida bir sutkada jami 49 kishi, jumladan, yetti bola halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi «Report» .
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu o‘tgan yilga nisbatan 10 kishiga ko‘p.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bir qator hududlarda o‘limga fuqarolarning noto‘g‘ri joylarda cho‘milgani sabab bo‘lgan.