Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Rossiyada 42 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 9-sinf o‘quvchisiga tajovuz qilgani aytilmoqda

Rossiyada 42 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 9-sinf o‘quvchisiga tajovuz qilgani aytilmoqda

Rossiyaning Nevskiy tumanida noma’lum erkak maktabga shoshilayotgan 9-sinf o‘quvchisiga jinsiy tajovuz qildi. Bu haqda Fontanka xabar berdi.

Mahalliy aholidan biri voqea arafasida polisiyaga xabar bergan. Ayolning aytishicha, taxminan ertalab soat 9 larda "Bolshevikov" shoh ko‘chasi bo‘ylab, 1-uy 26-xonadon yonida erkak 15 yoshli qizga hujum qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u maktab o‘quvchisiga nisbatan jinsiy tajovuz qilgan.

Jabrlanuvchi hujumchini batafsil tasvirlab bera oldi. Bundan tashqari, ko‘cha kameralari portretni yaratish va gumondorni aniqlashda yordam berdi.

Kechki soat o‘nlarda tezkor xodimlar 42 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi.

Holat yuzasidan «Jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlari» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 11:44 28.01.2023. O'qildi: 3299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!