Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiya zarbasi oqibatida Xarkovda teleminoraning bir qismi qulab tushdi

Rossiya zarbasi oqibatida Xarkovda teleminoraning bir qismi qulab tushdi

22 aprel kechqurun Xarkovni o‘qqa tutish chog‘ida Rossiya armiyasi shahar teleminorasiga raketa hujumi uyushtirdi, deb xabar bermoqda UNIAN agentligi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda teleminoraning tepa qismi qulagani aks etgan. Xarkovda raqamli televideniye signalida uzilishlar kuzatilyapti, deya aniqlik kiritmoqda UNIAN.

Xarkov viloyati prokuraturasining xabar berishicha, zarba Rossiyaning X-59 raketasi bilan amalga oshirilgan. Tashkilot urush qonun-qoidalarini buzish holatlarini tekshirishni boshladi.

Xarkov viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Oleg Sinegubovning so‘zlariga ko‘ra, hujum paytida teleminora xodimlari boshpanada bo‘lgan, hech kim jabrlanmagan.

Kiritildi: 04:40 23.04.2024. O'qildi: 1724 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!