Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya yangi “ko‘rinmas” samolyotini namoyish qildi

Rossiya yangi “ko‘rinmas” samolyotini namoyish qildi

Rossiya mudofaa kuchlari yangi avlod qiruvchi samolyotining prototipini namoyish qildilar. E’tiborlisi, uning yaratuvchilarining so‘zlariga ko‘ra, samolyot ko‘zdan g‘oyib bo‘lishga qodir ekan.

Havo kemasini mamlakat prezidenti Vladimir Putin MAKS-2021 ko‘rgazmasi doirasida ko‘zdan kechirdi. Havo ko‘rgazmasi seshanba kuni o‘z faoliyatini boshladi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra Rossiya aviasiyasining istiqbollari juda keng. Kelajakda bu yerda yangidan-yangi raqobatbardosh samolyotlar yaratilishi mumkin ekan.

Qiruvchi samolyot Sukhoi kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, uning birinchi parvozi 2023 yilga mo‘ljallangan. Ommaviy ishlab chiqarish esa 2026 yilda boshlanishi mumkin.

E’tiborlisi, samolyot yo‘lovchisiz ham harakat qilishi, tovush tezligidan 1,8 marta tezroq uchishi, hamda 3,000 kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin ekan.

Istiqbolda ushbu samolyot AQShninf F-35 samolyotlarining yangilangan modellariga raqobatlik qilishi mumkin bo‘ladi.

Kiritildi: 12:30 21.07.2021. O'qildi: 8779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!