Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Rossiya Xorvatiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yubordi

Rossiya Xorvatiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yubordi

Moskva Zagrebning nodo‘stona qadamlariga javoban Xorvatiya elchixonasining besh xodimini “persona non grata” (istalmagan shaxs) deb e’lon qildi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

“Rossiya diplomatik missiyasi sonini qisqartirish bo‘yicha Zagreb tomonidan qabul qilingan nodo‘stona qadamlarga javoban [Xorvatiya elchisi] Tomislav Sarga Xorvatiyaning Moskvadagi elchixonasining besh nafar xodimi “persona non grata” deb e’lon qilingan nota topshirildi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, Rossiya TIVda Tomislav Sarga “Xorvatiya hukumatining Ukrainadagi urush jinoyatlarida Rossiyani ayblashga asossiz urinishlari va Kiyev rejimiga harbiy yordam ko‘rsatishi munosabati bilan keskin norozilik bildirgan”.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 aprel kuni Xorvatiya Rossiya elchixonasining 18 nafar diplomati va 6 nafar ma’muriy xodimini mamlakatdan chiqarib yuborishini e’lon qildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova rossiyalik diplomatlarning chiqarib yuborilishini “Rossiyaga qarshi harakat” deb atadi va uning oqibatlari uchun javobgarlik “to‘liq Xorvatiya tomonida” ekanini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 23:04 27.05.2022. O'qildi: 4133 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!