Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiya, Xitoy va Yevropa dollardan voz kechmoqda

Rossiya, Xitoy va Yevropa dollardan voz kechmoqda

Rossiya va Xitoy milliy valyutada to‘lov o‘tkazish to‘g‘risida hukumatlararo bitimni qabul qildi. Yevropa Vashington sanksiyalarni chetlab o‘tish va dollarsiz Eron bilan savdo qilish imkoniyatini beradigan INSTEX mexanizmini ishga tushirmoqda.

Amerika pul birligidan voz kechish tobora aniq yo‘nalishga ega bo‘lmoqda - bu haqda RIA Novosti material tayyorladi.

Dollarni o‘ldirish

Bir yil oldin Butunjahon banki iqtisodchilari jahonda dedollarizasiya jarayoni ishga tushirilgani va uni to‘xtatib bo‘lmasligini aytishgandi. Tahlilchilar o‘sha vaqtda: Rossiya hisob-kitob qilishda, birinchi navbatda yirik savdo sherigi - Xitoy bilan dollarda voz kechishi mumkin.

Moskva va Pekin 2014 yil dekabr o‘zida milliy valyutalarga o‘tish qaroriga keldi. Shu vaqtdan boshlab, AQSH, Buyuk Britaniya va YEI banklari ishtirokisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri rublda savdo qilish haqida bitim kuchga kirdi.

Hozircha rubl ulushiga 10 foizga to‘g‘ri kelmoqda. Biroq yaqin yillarda bu ko‘rsatkich besh baravarga ko‘paytiriladi. Iyun oyi boshida Rossiya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Anton Siluanov va Xitoy xalq banki raisi I Gan yangi to‘lov tizimini yaratish to‘g‘risida bitimni imzolashdi. Bu SWIFT tizimi, Rossiya va Xitoy o‘rtasida shlyuz hisoblanadi.

SWIFT – xalqaro banklararo moliyaviy ma’lumotlarni jo‘natish tizimi hisoblanadi. Rossiya tizimiga, Moliya xabarlarini jo‘natish tizimi 1 iyun holatiga Rossiyaning 398 ta korxonasi va banki, shuningdek Belarus Belgazprombank ulandi.

Xitoyda CIPS tizimi mavjud, Rossiya Markaziy banki mart oyidagi ma’lumotiga ko‘ra, unga bir nechta banklar ulandi.

Taxminlarga ko‘ra, milliy valyutalarda hisob-kitob qilish tizimi shu yil yakuniga qadar ishga tushiriladi va birinchi navbatda yirik Rossiya neftgaz, qishloq xo‘jalik kompaniyalarini qamrab oladi.   

Vashington iqtisodiy sanksiyalari kuchayishi xavfi tufayli Moskva va Pekin bu jarayonni tezlashtirishmoqda. O‘tgan yilning o‘zida kongressga 10 ta qonun loyihasi taqdim etildi – davlat obligasiyalarida investisiyalarga cheklovdan SWIFT tizimdan davlat banklarini uzishgacha.

SWIFT tizimida tranzaksiyalarning 42 foizi dollarda amalga oshirilishi tufayli bu Vashingtonning kuchli qurolidir. Bu tizimdan voz kechish Rossiya iqtisodiyotida jiddiy muammolar – kapital ketishidan rubl kursi pasayishi va kredit stavkalarini ortishigacha yuzaga kelishi mumkin.

Financial Times gazetasi yozishicha, Vashington keskinligi Rossiya va Xitoyni “amerika valyutasi mustahkamligi”ni tekshirishga undamoqda va bu yomon yakunlashi mumkin.

Yangi to‘lov mexanizmi nafaqat sansiya bosimidan ishonarli himoya qiladi, balki dollarni asosiy zaxira valyutasi sifatidagi maqomini shubha ostiga olishi mumkin.   

INSTEX tahdidi

Evropaning AQShdan bog‘liqligi kuchsizlanmoqda. Vashington sanksiyalari tahdidiga qaramasan, YEI mamlakatlari Erondan neft sotib olishni davom etmoqda. To‘lovlar dollarda emas, yevroda amalga oshirilmoqda.    

Evropaliklar Amerika cheklovlarini INSTEX moliyaviy tranzaksiyalar mexanizmi yordamida amalga oshirishga harakat qilmoqda. Bu tizimni ishga tushirilishi haqida o‘tgan haftada Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya ma’lum qilgandi.  

28 iyundan boshlab bu mexanizm YEI barcha mamlakatlari uchun ochildi, yaqin kelajakda boshqa davlatlar kompaniyalari ham foydalanishi mumkin.

INSTEX (Instrument in Support of Trade Exchanges) – Eron va YEI kompaniyalari o‘rtasida pul o‘tkazmasdan tovar almashish imkoniyatini beradigan to‘lov vositachi-tizim hisoblanadi.

Tehron kelgusida neft va boshqa tovarlarni Yevropaga yetkazib berishni davom ettirishi mumkin. Bular uchun pullarni INSTEX Eron banklariga emas, balki Eronga mahsulotlarni eksport qiluvchi Yevropa kompaniyalariga jo‘natadi.

Hozirga dori-darmon, tibbiyot asbob-uskunalari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari haqida gap ketmoqda. Vaqt o‘tishi bilan mahsulotlar turlari ko‘payadi. INSTEXni ishga tushirishga o‘tgan yildan berish tayyorgarlik ko‘rildi. Kuzatuvchilar darhol Bretton-Vud konferensiyasi vaqtidan beri dollarga birinchi jiddiy tahdid bo‘lganini aytishdi.

INSTEX AQShning jahon iqtisodiy tartibini nazorat qilish istagiga zarba beradi, axir nafaqat Yevropa “dollardan xoli” bo‘lishi mumkin -  balki Oq uy sanksiya rejimiga rioya qilishni istamagan har qanday davlat bo‘lishi mumkin.

Ajab emas, Vashington sanksiyalar bilan tahdid qilgan holda yevropaliklarni bu loyihadan voz kechishga majbur qilishga harakat qilmoqda.

Bloomberg AQSh Moliya vaziri o‘rinbosari Sigal Mandelker xatiga asosan bayon etilishicha, “INSTEX aloqador bo‘lgan rasmiy shaxslar”, AQShning moliviy tizimidan chiqarib yuboriladi.

 

Kiritildi: 17:19 03.07.2019. O'qildi: 4135 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!