Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya-Xitoy savdosi rekordlarni yangilashda davom etmoqda

A A A
Rossiya-Xitoy savdosi rekordlarni yangilashda davom etmoqda

2024 yilning yanvar-may oylari davomida Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 96,5 milliard dollarga yetdi va 2023 yilning shu davriga nisbatan 2,9 foizga o‘sdi, deb yozadi «TASS».

Xitoy Rossiyaga 41,8 milliard dollarlik tovar va xizmatlar yetkazib berdi, bu 2023 yilning yanvar-may oylariga nisbatan 1,8 foizga kam. Rossiya Xitoyga 54,7 milliard dollarlik tovar va xizmatlar yetkazib berdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 6,9 foizga ko‘pdir.

Birgina may oyida tovar ayirboshlash 19,8 milliard dollarni tashkil etdi.

Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 2023 yilda rekord darajadagi 240 milliard dollarni tashkil etdi.

Kiritildi: 18:19 07.06.2024. O'qildi: 2023 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!