Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi yangi muzokaralar raundi 17–18 fevral kunlari Jenevada bo‘lib o‘tadi — Kreml matbuot kotibi.
Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Rossiya delegasiyasiga prezidentning yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qiladi.
Fevral boshida o‘tkazilgan uch tomonlama muzokaralar yakuniga ko‘ra, Rossiya va Ukraina harbiy asirlarni almashish bo‘yicha kelishuvga erishgandi. AQSh vakillari avval muzokaralarda hal etilmay qolgan yagona masala Rossiyaning hududiy da’volari ekanini bildirgan. Moskva Donbassning barcha hududlaridan Ukraina Qurolli kuchlarini olib chiqishni va hududlarni "Moskvaga tegishli" deb tan olishni talab qilmoqda.
Kiyev bu talablarni rad etmoqda. Biroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy fevral The Atlantic nashriga bergan intervyusida, agar kelishuv Ukraina manfaatlariga mos kelsa, ushbu masala bo‘yicha referendum o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligini aytgan.