Iyun o‘rtalarida Vatikanda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning yangi bosqichi bo‘lib o‘tishi mumkin, deb yozadi The Wall Street Journal.
Uch manbaga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp 18 may kuni Yevropa yetakchilari bilan telefon orqali muloqotda uning maxsus vakili Keyt Kellog va davlat kotibi Marko Rubio muzokaralarda ishtirok etishini aytgan.
Yana bir suhbat Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbati bo‘lgan 19-may kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron, Germaniya kansleri Fridrix Mers, Italiya bosh vaziri Giorgia Meloni va Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen ishtirok etdi.
The Wall Street Journal. xabariga ko‘ra, Trampning ayrim suhbatdoshlari Vatikandagi uchrashuv natijasi hech qanday shartsiz o‘t ochishni to‘xtatish bo‘lishi kerakligini aytishgan.
Rossiya va Ukraina delegasiyalari 16-may kuni Istanbulda uch yil ichida ilk to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarini o‘tkazdi va o‘sha kuni ham AQSH, Turkiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari vakillari bilan turli darajadagi uchrashuvlar o‘tkazdi. Muhokamalardan so‘ng Moskva va Kiyev o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha o‘z shartlarini tayyorlab, taqdim etishga hamda keng ko‘lamli asirlar almashinuvini o‘tkazishga kelishib oldilar – har bir tomondan ming kishi.