Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiya va Ukraina Pasxa sulhini buzishda bir-birini aybladi

Rossiya va Ukraina Pasxa sulhini buzishda bir-birini aybladi

Rossiya va Ukraina Pasxa munosabati bilan e’lon qilingan 32 soatlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimi buzilgani bo‘yicha bir-birini aybladi.

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotiga ko‘ra, 12 aprel ertalabgacha 2 mingdan ortiq qoidabuzarlik qayd etilgan.

Ular orasida hujum harakatlari, artilleriya o‘q uzishlari va qisqa masofali dronlardan foydalanish holatlari bor. Shu bilan birga, uzoq masofali raketalar hamda boshqariladigan aviabombalar qo‘llanmagani ta’kidlangan.

Rossiya Mudofaa vazirligi ham ukrain tomonidan deyarli 2 mingta buzilish sodir etilganini ma’lum qildi. Vazirlikka ko‘ra, ular orasida dronlar qo‘llanilgan holatlar ham mavjud.

Shuningdek, Belgorod viloyatida 11 aprel kuni yuz bergan hujum oqibatida ikki nafar tinch aholi halok bo‘lgani xabar qilindi.

Kiritildi: 23:30 12.04.2026. O'qildi: 313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!