Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiya va Eronning AQShga tahdidi kamaydi, lekin...

Rossiya va Eronning AQShga tahdidi kamaydi, lekin...

Rossiya va Erondan AQSh prezidentlik saylovlarida ovoz berish jarayoniga tahdid vaqtincha kamaydi, ammo yana ko‘payishi mumkin. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik vaziri Chad Vulf ma’lum qildi.

Vulf CBS News'ga bergan intervyusida AQSh hukumati Rossiya Federasiyasi va Eron nima qilayotganini yaxshi tushunishini va bu ikki davlat "yuqori tayyorgarlik holatida" ekanligini ta’kidladi. Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, tahdid darajasining pasayishi Rossiya va Eron "boshqa hech narsaga urinmaydi" degani emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh milliy razvedkasi amerikalik saylovchilarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ma’lumotlar Eron va Rossiya Federasiyasi qo‘liga o‘tganligini aytgandi. Departamentning ta’kidlashicha, ushbu ma’lumotlardan "shubha tug‘dirish va saylovlarga bo‘lgan ishonchni pasaytirish" uchun foydalanish mumkin.

Kiritildi: 10:36 28.10.2020. O'qildi: 2329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!