Rossiya qurolli kuchlari Ukrainaning Merefa shahriga raketa hujumi uyushtirdi, natijada to‘rt kishi halok bo‘ldi va 16 kishi yaralandi.
Bu haqda Xarkov viloyat harbiy ma’muriyati boshlig‘i Oleg Sinegubov ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
"50 yoshli erkak, 63 yoshli erkak va 41 yoshli ayol, 52 yoshli ayol halok bo‘ldi", deb yozgan Sinegubov.