Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Rossiya Toshkent viloyatidan pomidor va qalampir yetkazib berishda cheklovlarni joriy qildi

Rossiya Toshkent viloyatidan pomidor va qalampir yetkazib berishda cheklovlarni joriy qildi

Rossiya Toshkent viloyatidan pomidor va qalampir yetkazib berishda cheklovlarni joriy qildi
Rosselxoznadzor 2021 yil 22 iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Toshkent viloyatidan Rossiyaga pomidor va qalampir mahsulotlarini olib kirishda vaqtinchalik cheklovlarni joriy qildi.

Ta’minotlarning to‘xtatilishi mintaqadan keltirilgan pomidorlarda Pomidor jigarrang meva virusi (ToBRFV) va Pepino mozaikasi virusianiqlangani bilan bog‘liqligi aytilmoqda.

Cheklovlar VII Xalqaro o‘simliklarni himoya qilish konvensiyasi va "O‘simliklar karantini to‘g‘risida" 2014 yil 21 iyuldagi 206-FZ-sonli Federal qonuni asosida joriy etilgani ma’lum qilingan.

22-iyulgacha jo‘natilgan yuklarni Rossiya hududiga faqat karantin fitosanitariya ekspertizasidan o‘tganidan keyin olib kirishga ruxsat beriladi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 11:40 21.07.2021. O'qildi: 2066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!