Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida ma’lum qilindi.
Vazirlikning tushuntirishicha, mazkur qaror Londonning Rossiyaga qarshi ritorikasi, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi hamda Moskva nuqtai nazari bo‘yicha, Rossiya haqida yolg‘on ma’lumotlarni tarqatishiga javob sifatida qabul qilingan.
Sanksiyalar ro‘yxatiga The Washington Post jurnalisti Ketrin Belton, Buyuk Britaniyaning "I" nashri jurnalisti Richard Xolms, shuningdek, "Henry Jackson Society" tahliliy markazi hisoboti muallifi Aleksandr Brauder tushdi.
Bundan tashqari, "Committed to Good" kompaniyasi boshqaruvchi direktori Elis Lafer va "Chelsea Group" asoschilaridan biri Richard Uestberiga Rossiyaga kirish taqiqlandi.