Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

"Rossiya OPEK+ tarkibidan chiqish niyatida emas"

"Rossiya OPEK+ tarkibidan chiqish niyatida emas"

Rossiya OPEK+ formatidan chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti. Bu haqda 29 aprel kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi.

RF prezidenti matbuot kotibining ma’lum qilishicha, Moskva BAAning tashkilot bo‘yicha qarorini hurmat qilishini va muloqotni davom ettirishga umid bildirgan.

Bundan tashqari, Tuapsedagi favqulodda holat yuzasidan Vladimir Putin FVV rahbaridan muntazam hisobot olayotgani va oqibatlarni bartaraf etish ishlari davom etayotgani aytildi.

Avvalroq, InfoTEK 28 aprel kuni BAA davlat axborot agentligi WAM 2026 yil 1 maydan boshlab BAA OPEK va OPEK+ni tark etishini e’lon qilgani haqida xabar bergan edi.

Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti 1960 yilda ta’sis etilgan. BAA chiqib ketganidan keyin unda 11 ta davlat qoladi. Kengaytirilgan OPEK+ formatiga yana bir qator neft qazib oluvchi davlatlar, jumladan, Rossiya ham kiradi.

Kiritildi: Bugun 12:25. O'qildi: 356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!