Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Kiyevni qo‘lga kirita olmaydi

Rossiya Kiyevni qo‘lga kirita olmaydi

Rossiya Kiyevni qo‘lga kirita olmaydi, dedi AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Fransiya televideniyesiga bergan intervyusida.

"Bu sodir bo‘lmaydi, hozir ham bo‘lmayapti. 2022 yilgi Rossiya agressiyasi boshida biz Kiyevning qulashi ehtimoli bor deb o‘ylagandik. Lekin ukraina xalqining aql bovar qilmaydigan qarshiligi tufayli bu sodir bo‘lmadi, ularga rahmat. AQSH, Fransiya va boshqa davlatlarning qo‘llab-quvvatlashi, Putinning butun mamlakatni zabt etish, uni xaritadan o‘chirish, Rossiya tarkibiga kiritish istagi amalga oshmaydi va bo‘lmaydi ham”— dedi Blinken.

Kiritildi: 21:12 03.04.2024. O'qildi: 11725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!