Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Ichki ishlar vazirligi chet elliklarning ko‘proq qanday sabablar bilan mamlakatdan chiqarib yuborilishini ma’lum qildi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi chet elliklarning ko‘proq qanday sabablar bilan mamlakatdan chiqarib yuborilishini ma’lum qildi

Rossiyada chet elliklarning mamlakatdan chiqarib yuborilishiga ko‘proq migrasiya sohasidagi qonun buzilishi holatlari sabab bo‘ladi. 2021 yilning yanvar va fevral oylarida 14 ta shunday holat yuzaga keldi, shuningdek, deportasiya bo‘yicha 805 ta qaror ijrosi ta’minlandi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

«Rossiya IIV hududiy organlarining migrasiya masalalari bo‘yicha bo‘linmalari tomonidan Rossiya IIV Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yuborilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya IIV rahbariyati 2021 yilning ikki oyi davomida chet elliklarning mamlakatdan chiqarib yuborilishi bo‘yicha 14 ta qarorni tasdiqladi», — deyiladi vazirlik xabarida.

Rossiyada bu masala bo‘yicha 2020 yilda 27 ta, 2019 yilda 76 ta, 2018 yilda 121 ta, 2017 yilda 76 ta, 2016 yilda 32 ta shunday qaror qabul qilingan, shuningdek, 2020 yilda 4691 ta, 2019 yilda 5531 ta, 2018 yilda 6010 ta, 2017 yilda 5460 ta, 2016 yilda 4852 ta deportasiya qilish bo‘yicha qarorlar ijrosi ta’minlangan.

Rossiya IIVning aniqlik kiritishicha, migrasiya sohasidagi qonunbuzarligi uchun, shuningdek, davlat chegaralarining daxlsizligi va davlat hududida bo‘lish tartibini buzgani uchun bir necha bor ma’muriy javobgarlikka tortilgan chet elliklar mamlakatdan chiqarib yuborilishi kerak bo‘lgan shaxslar hisoblanadi. Bundan tashqari, ular deportasiya qilinishdan oldin vaqtincha saqlanadigan maxsus muassasalardan qochish va yana boshqa holatlarda ham «nomaqbul» sanalishi mumkin.

Rossiya hukumati IIV bilan hamkorlikda «alohida vaziyatlarga tushib qolgan» noqonuniy muhojirlarning legalizasiyasini soddalashtiruvchi qonun loyihasi ustida ish olib boryapti. Loyihaga ko‘ra, migrasiya qonunini buzgan chet elliklar jazolanmaydi va avval kiritilgan cheklovlar bekor qilinadi.

Shuningdek, vazirlik muhojirlarga onlayn tarzda davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini beruvchi mamlakatdagi chet el fuqarolarining yagona axborot platformasini yaratdi.

Avvalroq Rossiya hukumati COVID-19 pandemiyasi tufayli sezilarli darajada kamaygan mehnat muhojirlarining soni mamlakatdagi yirik loyihalarni amalga oshirish uchun yetarli emasligini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Rossiya Qurilish vazirligi va kommunal xizmatlar boshqarmasi migrantlarning qurilish ishlariga kelishlari uchun mamlakatga kirish shartlarini soddalashtirishni so‘ragan va bir qator takliflar bergan edi.

Kiritildi: 09:07 10.04.2021. O'qildi: 2735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!