Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya hindistonlik mehnat muhojirlarini jalb qilmoqda

Rossiya hindistonlik mehnat muhojirlarini jalb qilmoqda

Hindistonlik mehnat muhojirlari MDH mamlakatlaridan kelgan ishchilarni tez orada Rossiya bozoridan siqib chiqaradi, deb yozmoqda Mash telegram-kanali.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistondan Rossiyaga ishlash uchun keluvchilar 2025 yilda o‘tgan yilga nisbatan 24,6 foizga ko‘paygan.

Rossiyaning xizmat ko‘rsatish va qurilish sohalarida hindlarni ko‘p uchratish mumkin. Ularni o‘z vatanidagidan 60 foiz yuqori maosh va qulay turmush darajasi jalb etmoqda, deyiladi xabarda. Ular maxsus viza dasturi amal qiladi. Migrasiya masalalarini hal qilish uchun hududlarda bosh konsulxonalar ochish rejalashtirilmoqda. Dastlabkilari Yekaterinburg va Qozonda ochiladi (shu yil oxirigacha Tatariston mingga yaqin hind fuqarosini ishga joylashtirishni rejalashtirgan). Rekruting kompaniyalari hindlarni ishga qabul qilishni tashkil etish, xususan, hujjatlarni rasmiylashtirish; transfer; rus tilini o‘rgatish; moslashishga yordam berish bilan shug‘ullanadi.

2025 yilda Rossiyada xorijiy mutaxassislarni jalb qilishning umumiy kvotasi oshdi: 2024 yilga nisbatan 50,7 foizga — 155,9 ming kishidan 234,9 ming kishiga ko‘paydi. Butun Rossiya miqyosida hindistonliklar uchun kvota 71,8 ming kishini tashkil etdi, barcha xorijiy ishchilar 234,9 ming kishini tashkil etdi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 12:42 12.09.2025. O'qildi: 882 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!