Bugun 17 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya ham, Ukraina ham katta inson yo‘qotishlariga uchragan

Rossiya ham, Ukraina ham katta inson yo‘qotishlariga uchragan

Tramp: Rossiya Ukraina bilan «kelishuvga erishishi kerak».

Donald Tramp G7 sammiti doirasida Fransiyaning Evian-le-Ben shahrida Rossiya «Ukraina bilan kelishuvga erishishi kerak»ligini bildirdi.

Uning aytishicha, «Rossiya ham, Ukraina ham katta inson yo‘qotishlariga uchragan».

Tramp sammit doirasida Vladimir Zelenskiy bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazganini tasdiqladi va kelgusida ham muzokaralar davom ettirilishini aytdi. Zelenskiy Evianga mehmon sifatida taklif etilgan bo‘lib, u ham Ukraina masalasi muhokama qilingan “ettilik” yig‘ilishida ishtirok etdi.

Donald Tramp so‘nggi oylarda asosiy e’tiborini Eron masalasiga qaratganini tan oldi. Biroq u endi Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun «qo‘lidan kelgan hamma narsani» qilishini aytdi — garchi uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh bu urushda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etmayapti, faqat Ukrainaga qurol yetkazib bermoqda va ularning xarajatlari Yevropa Ittifoqi tomonidan qoplanmoqda.

«Mening ishtirokimning yagona sababi — har oy 25 mingta yosh insonning halok bo‘lishini endi ko‘rgim kelmasligidir», — dedi Tramp.

Vladimir Zelenskiyning aytishicha, G7 davlatlari rahbarlari sammitda Rossiya Ukrainadagi urushda g‘alaba qozonmayotgani haqida xulosaga kelishgan hamda Moskvani muzokaralar stoliga o‘tqazish uchun qo‘shimcha sanksiyalar kiritish masalasini muhokama qilishgan.

Kiritildi: 23:03 16.06.2026. O'qildi: 350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!