Sun’iy intellekt (SI) hech kim tomonidan va hech qachon Rossiya Federasiyasiga qarshi ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, deya ta’kidladi Putin.
Rossiya ham SI poygasi qo‘shilmoqchi. Putinning boshqa bayonotlari:
📍 Rossiya shunday vaziyatga tushib qolmasligi kerakki, unda tashqi kuchlar “bir tugmani bosish orqali barcha tizimlarni ishdan chiqarishi” mumkin bo‘lmasin;
📍 Putin ma’lumotlar markazlari (data-markazlar) qurilishini tezlashtirish uchun davlat-xususiy sheriklik mexanizmini ishlab chiqishni taklif qildi;
📍 Tez orada sun’iy intellekt texnologiyalarisiz yashashning imkoni bo‘lmaydi;
📍 Agar sun’iy intellekt modeli xorijiy qadriyatlar asosida o‘rgatilsa, u millionlab insonlarning ongiga bu qadriyatlarni sezilmas tarzda singdirib, ularning dunyoqarashini shakllantirishi mumkin;
📍 Putin Rossiya qadriyatlariga asoslangan sun’iy intellekt modellarini yaratish uchun arxiv va boshqa ma’lumotlarni raqamlashtirishni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi;
📍 Rossiyadagi barcha mobil operasion tizimlar sun’iy intellekt ilovalari (shu jumladan, mahalliy ishlab chiqilganlari) orasidan tanlov qilish imkonini beruvchi menyuni taqdim etishi shart;
📍 Dunyo bo‘ylab sun’iy intellekt bilan bog‘liq hodisalar soni keskin oshib bormoqda. Putin fuqarolar va infratuzilmani SI bilan bog‘liq xavf-xatarlardan himoya qilishning samarali choralarini ko‘rishga chaqirdi — bunda haddan tashqari taqiqlarga yo‘l qo‘ymaslik lozim;
📍 Sun’iy intellekt agentlarining vakolat doiralarini belgilash, ya’ni inson nazoratisiz, mustaqil ravishda amalga oshirishi mumkin bo‘lmagan harakatlarni aniq belgilab qo‘yish zarur;
📍 Putin 2036-yilgacha bo‘lgan davr uchun Sun’iy intellektni rivojlantirish milliy strategiyasini yangilashni taklif qildi;
📍 Sun’iy intellekt agentlari ijtimoiy va biznes munosabatlarida tobora ko‘proq ishtirok etmoqda, bu esa “agentlarga asoslangan iqtisodiyot”ning shakllanishiga olib kelmoqda;
📍 Ko‘plab xodimlar an’anaviy ish usullaridan voz kechib, kasbiy vazifalarni bajarishda sun’iy intellektdan foydalanishga o‘tmoqda; biroq neyron tarmoqlardan ruxsatsiz yoki “yashirin” tarzda foydalanish turli xavflarni keltirib chiqaradi;
❗️ Ish joyida sun’iy intellektdan yashirin foydalanish — ayniqsa, xorijda ishlab chiqilgan modellarni qo‘llash — shaxsiy ma’lumotlar va tijorat sirlari uchun xavf tug‘diradi;
📍 Sun’iy intellekt imkoniyatlari kengayishda davom etadi va bu turli sohalarda tub o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin;
📍 Sun’iy intellekt texnologiyalari Rossiyaga demografik cheklovlar va mehnat resurslari bilan bog‘liq muammolarni yengib o‘tishga, shuningdek, mamlakatning umumiy salohiyatini mustahkamlashga yordam berishi mumkin.
📍 Rossiya Federasiyasi o‘zining mustaqil (suveren) fundamental sun’iy intellekt modellarini rivojlantirishni va ularga sarmoya kiritishni davom ettiradi. Putin ilmiy tadqiqotlarda sun’iy intellektdan foydalanish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
📍 «Robotlar davrida o‘qituvchining ahamiyati yanada ortadi», — deb ta’kidladi u va mutasaddilarga mamlakat maktablari uchun «XXI asrga mo‘ljallangan didaktik asos»ni ishlab chiqish vazifasini yukladi.