Bugun 4 iyul, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiya fuqaroligini olgan 10 ming muhojir Ukrainadagi urushga jo‘natildi

Rossiya fuqaroligini olgan 10 ming muhojir Ukrainadagi urushga jo‘natildi

Rossiya fuqaroligini olgan 10 mingga yaqin muhojir maxsus operasiya ishtirokchisi bo‘ldi, dedi Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin. Rossiya hukumati Ukrainadagi urushni «maxsus operasiya» deb atadi.

«Biz, Konstitusiya va qonunlarimizda fuqarolikni olgan shaxslar harbiy ro‘yxatdan o‘tishi va kerak bo‘lsa, maxsus harbiy operasiyada ishtirok etishi kerakligi to‘g‘risidagi qoidalarini hayotga tatbiq qila boshladik», — dedi Bastrikin Sankt-Peterburg xalqaro anjumanida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tergovchilar «fuqarolikni olgan, lekin harbiy ro‘yxatga olishni istamagan 30 mingdan ortiq kishini qo‘lga olib, ro‘yxatga olishgan».

«Ulardan 10 mingga yaqini maxsus harbiy operasiya zonasiga jo‘natildi», dedi ICR rahbari.

Kiritildi: 12:30 27.06.2024. O'qildi: 1052 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!