Evropa razvedka idoralari Rossiya Yevropa bo‘ylab harbiy bazalar va muhim infratuzilma yaqinidagi mulklarni sotib olayotgani haqida ogohlantirmoqda, deb yozadi The Telegraph.
Rasmiylar fikricha, Rossiya bilan bog‘liq shaxslar va tashkilotlar uylar, kottejlar, omborlar hamda dengiz bazalari, aerodromlar, suv osti kabellari va energetika ob’ektlari yaqinidagi orollarni xarid qilgan bo‘lishi mumkin.
Manbalarga ko‘ra, bunday ob’ektlar kelajakda ehtimoliy inqiroz sharoitida kuzatuv yoki sabotaj maqsadlarida qo‘llanilishi mumkin.