Reuters xabariga ko‘ra(ukrain razvedkasi hisoboti asosida), Rossiya Eronga kiber qo‘llab-quvvatlash va sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini taqdim etmoqda. Bu ma’lumotlar Eronning Yaqin Sharqdagi AQSh va boshqa ob’ektlarga zarbalarini rejalashtirishda ishlatilgan bo‘lishi mumkin.
Hisobotda aytilishicha, mart oyining 21–31 kunlari oralig‘ida Rossiya sputniklari 11 ta davlatdagi 46 ta ob’ektni 24 marta tasvirga olgan. Ular orasida AQSh harbiy bazalari, aeroportlar va neft maydonlari bor. Shuningdek, Saudiya Arabistoni, Isroil, Iordaniya, BAA va boshqa mamlakatlar hududlari ham kuzatilgani aytilmoqda.
Ukraina manbalari Rossiya va Eronga bog‘liq xaker guruhlari Telegram orqali hamkorlik qilayotganini da’vo qilmoqda. Bu ma’lumotlar hozircha mustaqil ravishda to‘liq tasdiqlanmagan.