Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiya dunyodagi eng "mushuksevar" mamlakat deb topildi

Rossiya dunyodagi eng "mushuksevar" mamlakat deb topildi

Statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyadagi oilalarning 59 foizi o‘z xonadonida mushuk boqadi.

Qizig‘i shundaki, ko‘pincha mushuklar o‘lkasi deb ta’riflanadigan Turkiya bu borada hatto kuchli o‘ntalikka ham kira olmadi — u yerda xonadonlarning atigi 15 foizidagina uy hayvonlari mavjud.

Undan keyin Sharqiy Yevropaning bir necha mamlakatlari — Ruminiya, Polsha, Latviya va Vengriya turadi. Tadqiqot mualliflari mushuklarning mashhurligini ularning xonadonlarda qulay yashash qobiliyati, nisbatan mustaqilligi va itlarga qaraganda kamroq joy talab qilishi bilan bog‘laydilar.

Shu bilan birga, Janubi-Sharqiy Osiyo asta-sekin mushuklarga bo‘lgan muhabbatning asosiy jahon markazlaridan biriga aylanmoqda. Indoneziyada mushuklar uy xo‘jaliklarining taxminan 47 foizida, Filippinda 43 foizida va Tailandda 42 foizida yashaydi.

AQShda 46,5 millionga yaqin uy xo‘jaliklarida mushuklar bor - bu oilalarning taxminan 37-43 foizini tashkil etadi.

Mualliflarning ta’kidlashicha, mushuklar yirik shaharlar hayotiga ayniqsa yaxshi moslashadi: ular kamroq joy talab qiladi, ko‘proq mustaqil va odatda itlarga qaraganda arzonroq. Pandemiyadan keyin masofadan ishlashning ommalashuvi va uy hayvonlariga bo‘lgan qiziqishning ortishi qo‘shimcha omil bo‘ldi.

Kiritildi: 21:42 20.09.2026. O'qildi: 435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!