Xarkov viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning ma’lum qilishicha, besh qavatli uyga Rossiyaning to‘rtta droni urilgan.
"Binoning birinchi, uchinchi va beshinchi qavatlarda yong‘in chiqdi va uning bir qismi qulab tushdi", deya aniqlik kiritdi Sinegubov.
Xarkov meri Igor Terexovning so‘zlariga ko‘ra, zarba oqibatida besh kishi, jumladan 1,5 yoshli qizaloq halok bo‘ldi. 18 kishi yaralangan. Qutqaruv ishlari davom etmoqda.
18 avgustga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi Odessa, Sumi va Pavlogradga ham hujum qildi. Sumi viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Grigorovning aytishicha, fuqarolik infratuzilmasiga zarbalar berilgan, hech kim jabrlanmagann.