Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiya chempionati 21 iyundan tiklanadi

Rossiya chempionati 21 iyundan tiklanadi

Futbol bo‘yicha Rossiya chempionati 21 iyun kuni qayta tiklanadi. Bu haqda chempionat rasmiy saytida e’lon qilingan.

Chempionat tiklangach, o‘yinlar 21 iyun va 22 iyul oralig‘ida o‘tkazilishi kutilmoqda. Shuningdek, to‘rtta tur hafta o‘rtasida o‘tkaziladi. To‘liq taqvim keyinroq e’lon qilinadi. Reglament tegishli idoralar bilan kelishigach tasdiqlanadi.

Rossiya chempionatining qolgan barcha o‘yinlari muxlislarsiz o‘tkaziladi. Shuningdek, qolgan o‘yinlarda jamoalarga o‘yin davomida 5 ta o‘zgarish qilishga ruxsat beriladi.

Mavsum oxirida ikki klub chempionatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish o‘yinlarisiz tark etadi. Birinchi liga maqomida bo‘lgan FNLning ikki klubi esa RPLga yo‘l oladi. Ular lisenziya talablarini bajargan bo‘lishi kerak. Aks holda jamoalar Rossiya yuqori divizionida qatnasha olmaydi va ularning o‘rnini boshqa jamoa egallaydi. Bu borada RPLning oxirgi ikki pog‘onasini egallagan jamoalarga ustunlik beriladi.

Rossiya kubogi musobaqalari ham tiklanadi. Kubok finali 25 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:08 16.05.2020. O'qildi: 1941 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!