Bugun 18 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Rossiya chegara xizmati bir qancha vakolatlarga ega bo‘ldi

Rossiya chegara xizmati bir qancha vakolatlarga ega bo‘ldi

2026 yil aprel oyidan boshlab Rossiyaning “Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi federal qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirdi. Bu Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Chegara xizmatining vakolatlarini kengaytirdi.

Endilikda chegara xizmati xodimlari vokzal va aeroportda Rossiyaga kirayotgan yoki undan chiqayotgan har bir kishining elektron qurilmalari (smartfon, planshet, noutbuk va boshqa gadjetlarini) ko‘zdan kechirishi mumkin.

Tekshirish quyidagi asoslar mavjud bo‘lganda o‘tkaziladi: chegara rejimini buzganlikda, kontrabanda, ekstremizm yoki boshqa huquqbuzarliklarda gumon qilinganda. Qonun hammani ommaviy ravishda to‘liq tekshirishni nazarda tutmaydi, ko‘rik tanlab o‘tkaziladi, ammo shubha tug‘ilganda majburiy bo‘ladi.

Agar fuqaro chegarachining tekshiruv uchun qurilman berish talabini rad etsa, bu qonuniy buyruqqa bo‘ysunmaslik sifatida baholanishi mumkin. Bunday vaziyatda Rossiya Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ko‘ra, 5 mingdan 7 ming rublgacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi beriladi.

Kiritildi: Bugun 15:12. O'qildi: 448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!