So‘nggi 24 soat ichida Rossiya havo mudofaasi tizimlari 389 ta Ukraina dronini urib tushirdi.
Bu haqda “Interfaks” Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga tayanib xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, dronlar Moskva viloyati va Leningrad viloyati ustida zararsizlantirilgan.
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, dronlar Bryansk, Smolensk, Kursk, Tver, Kaluga, Belogorod, Oryol, Tula, Novgorod, Pskov va Vologda viloyatlari ustida ham urib tushirilgan.