Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Armanistondan yana bir qator mahsulotlar importini taqiqladi

Rossiya Armanistondan yana bir qator mahsulotlar importini taqiqladi

Rossiya Federasiyasi veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati (“Rosselxoznadzor”) 2026 yil 3 iyundan boshlab Armanistondan kartoshka, baqlajon, urug‘li mevalar (olma, nok, behi) va quritilgan mevalar importiga taqiq qo‘ydi.

“Rosselxoznadzor” ushbu qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining Rossiya orqali Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining (EOII) boshqa davlatlariga tranzit qilinishi ham taqiqlandi. Bunga “ushbu davlatlar tomonidan karantin ostidagi mahsulotlar qabul qilinganini tasdiqlovchi mexanizmlar yo‘qligi” sabab qilib ko‘rsatildi.

Bundan oldin Rossiya Armanistondan gullar, “Jermuk” mineral suvi, sabzavotlar (jumladan, bodring, qalampir, pomidor), ko‘katlar, shaftoli, qulupnay baliq va boshqa mahsulotlar importini cheklagandi.

Ushbu taqiqlar Armanistonda 7 iyunga belgilangan parlament saylovlariga tayyorgarlik ko‘rilayotgani, shuningdek, Yerevan G‘arb davlatlari va Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashishni boshlagani fonida joriy etildi.

Kiritildi: Bugun 08:41. O'qildi: 279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!