AQSh Prezidenti Donald Tramp, o‘zidan oldingi prezident Barak Obamaning Rossiyaga nisbatan zaif bo‘lganini ta’kidladi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Obama Rossiyaning "Katta sakkizlik"dan chiqarilishini talab qilgan, chunki Moskva Vashingtonni tashqi siyosatda "to‘liq imkoniyatlaridan mahrum qilgan".
"Rossiya g‘alaba qozondi. U Obamani shunchalik yomon "urdi"ki, Obama Rossiyaning "Katta sakkizlik"dan chiqishini istadi", — deb yozdi Amerika yetakchisi tvitterdagi sahifasida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Obama va Jo Bayden davrida AQSh "har narsada zaif" bo‘lgan, ayniqsa, Rossiya Federasiyasi bilan munosabatlarda.