2018 yil mart oyida AQSh neft qazib olish bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Bularning barchasi neft statistika bo‘yicha qo‘shma tashabbus (JODI) tomonidan tasdiqlandi, deya xabar bermoqda “segodnya.ua”.
Shunday qilib, AQSh 2018 yil mart oyida o‘rtacha 10,425 million barrel neft ishlab chiqarib, eng yirik neft ishlab chiqaruvchi nomiga sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni egallagan Rossiyada kuniga 10,298 mln barrel neft ishlab chiqarilgan. Saudiya Arabistoni kuniga 9,907 mln barrel neft ishlab chiqarish bilan uchinchi o‘rinni egalladi.