Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiya 48 soat ichida Ukrainaga bostirib kiradi — manba

A A A
Rossiya 48 soat ichida Ukrainaga bostirib kiradi — manba

Rossiya harbiylari “yuqori ehtimol bilan” yaqin ikki kun ichida Ukrainaga bostirib kirishadi, deb yozadi Newsweek manbasiga tayanib.

Buni AQSh razvedkasi tomonidan olingan ma’lumotlar, shuningdek, havo kuzatuvchilarining hisobotlari ko‘rsatmoqda.

“Bugun ertalab Rossiya Ukraina havo hududini buzib, Ukraina uzra qisqa parvoz qildi, ehtimol razvedkachi samolyotdir”, deyiladi maqolada.

Ukraina hukumatidagi manbaning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev bunday ogohlantirish olgan, biroq bu bir oy ichida uchinchi marta sodir bo‘lmoqda.

Avvalroq AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Jonatan Finer Rossiyaning DXR va LXRni tan olishini Ukrainaga bosqinning boshlanishi deb atagandi.

O‘z navbatida, Avstraliya bosh vaziri Skott Morrisonning fikricha, Rossiya armiyasi bir kun ichida Ukrainaga “to‘liq miqyosdagi hujumni boshlaydi”.

Kiritildi: 00:17 24.02.2022. O'qildi: 7935 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik