Rosatom davlat korporasiyasi Erondagi Bushehr atom elektr stansiyasidan 600 dan ortiq xodimni evakuasiya qilishni yakunlaganini ma’lum qildi.
Bu haqda kompaniya bosh direktori Aleksey Lixachyov ma’lumot bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir joyda faqat ko‘ngillilar qolgan. Jumladan, Bushehr atom elektr stansiyasida 20 nafar, Tehronda esa 4 nafar xodim ish olib bormoqda.
Ularning vazifasi infratuzilmani saqlash va qurilish ishlarini to‘xtatgan mahalliy pudratchi bilan aloqani davom ettirishdan iborat.
Shuningdek, evakuasiya jarayonida xodimlarning uy hayvonlari ham olib chiqilgani aytildi.
Bushehr atom elektr stansiyasi Eronda faoliyat yuritayotgan yagona atom elektr stansiyasi hisoblanadi. Uning birinchi energobloki 2011 yilda Rosatom ko‘magida ishga tushirilgan.