Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu “Real” bilan xayrlashib, “Yuventus”ga o‘tgani eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri bo‘lmoqda.
Portugaliyalik futbol yulduzining Italiya jamoasi safiga borib qo‘shilishi, “qirollik klubi” muxlislarini 24 soat ichida qanchaga kamaytirib yuborganini bilasizmi?
Birgina Twitter’ning o‘zida “Real” muxlislari qariyb 1 millionga kamaygan. Ya’ni seshanba kuni Ispaniya superklubining ushbu ijtimoiy tarmog‘idagi kuzatuvchilar soni, 31 million 970 ming nafarni tashkil etayotgandi.
Ronaldu “Yuventus” bilan shartnomaga imzo chekkangandan so‘ng ularning soni 31 millionga tushib qoldi. Aksincha, Ronalduning yangi jamoasi Twitter sahifasi kuzatuvchilari 5 yoki 10 emas, naqd 20 barobarga ortib, 6 million 160 ming nafarni tashkil etmoqda.
Shunga qaramay, “Real” Twitter tarmog‘ida yetakchilikni berib qo‘ygani yo‘q. Uning eng yaqin ta’qibchisi “Manchester Yunayted”ni ushbu ijtimoiy tarmoqda 18 million muxlisi bor.
Ronalduning o‘ziga keladigan bo‘lsak, uni 74 million muxlisi bevosita Twitter’da kuzatib boradi. Bu borada ham u yaqqol yetakchi.
Ma’lumot uchun, Twitter’da Neymarni 40 million, Pikeni 19 million muxlis kuzatib boradi.
Manba: qalampir.uz