Xabaringiz bor, portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu ayni damda model Ketrin Mayorganing nomusiga tekkanlikda ayblanmoqda.
Yaqinda Mayorganing advokatlari Ronalduning nomusga tegish bilan bog‘liq ikkinchi jinoyati haqida bong urishgan va futbolchidan jabr ko‘rgan yana bir qiz bilan suhbatlashishganini aytishgandi. U qiz esa ismini sir tutganini ta’kidlashgandi.
Ispan nashrlariga ko‘ra, bu qiz ukrainalik Yara Xmidan bo‘lishi mumkin. Ta’kidlash kerakki, Ronaldu va Xmidanning munosabatlari uzoqqa cho‘zilmagan.
Ma’lumot uchun, Xmidan Odessada modeler sifatida mashhur va ayni damda Nyu-Yorkda istiqomat qiladi.