Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Ronaldu va Messi bilan bir qatorda: Vinisiusning yangi rekordi

Ronaldu va Messi bilan bir qatorda: Vinisiusning yangi rekordi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior Chempionlar ligasida 30 ta gol va 30 ta golli uzatmani amalga oshirgan beshinchi futbolchiga aylandi. Pley-off bosqichining ilk uchrashuvida «Benfika» darvozasiga kiritilgan gol (0:1) braziliyalik uchun musobaqadagi 31-gol bo‘ldi. Ushbu natijaga erishish uchun vingerga 77 ta o‘yin kifoya qildi.

Chempionlar ligasi tarixida bunday ko‘rsatkichga erishgan futbolchilar ro‘yxati quyidagicha:

Futbolchi Gollar Assistlar O‘yinlar soni
Krishtianu Ronaldu 140 42 183
Lionel Messi 129 40 163
Tomas Myuller 57 30 163
Neymar 43 33 81
Vinisius Junior 31 30 77

Vinisius faoliyati davomida ikki marta Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan. U har ikkala sovrinni ham «Real» tarkibida qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 23:54 20.02.2026. O'qildi: 190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!