«An-Nasr» va Portugaliya terma jamoasining 41 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu hamda Jorjina Rodriges nikoh to‘ylari oldidan nikoh shartnomasi imzoladilar.
Shu haftada juftlik ijtimoiy tarmoqlarda barmoqlaridagi nikoh uzuklari suratini joylab, uni «C❤️G» yozuvi bilan izohladi va to‘y bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi.
Jornal de Notícias nashrining xabar berishicha, nikoh shartnomasi Lissabondagi notarial idorada 10 avgust kuni — marosimdan bir kun oldin imzolangan. Hujjatga ko‘ra, Ronaldu va Jorjina mol-mulkni alohida saqlash rejimini tanlashgan.
Ushbu shartnomaga ko‘ra, er-xotinning har biri nikohgacha ega bo‘lgan va nikohdan keyin orttiradigan mol-mulkiga alohida egalik qiladi. Agar ular birgalikda biror narsa sotib olishsa, ushbu mulk ikkalasiga tegishli bo‘lishi mumkin.