Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Ronaldu o‘ziga «voris» topdi

Ronaldu o‘ziga «voris» topdi

Yuventus hujumchisi Krishtianu Ronalduning hisoblashicha, turinliklar klubi Benfika dan 19 yoshli futbolchi Joau Felishni transfer qilishi kerak.

U yozgi transferlar vaqtida ushbu yosh futbolchining Turinga kelishi yo‘lida sa’y-harakatlar amalga oshirmoqchi.

A Bola xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi o‘z vatandoshining transferi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda va u o‘zining izdoshi bo‘lishiga ishonmoqda. Uning ishonch bildirishicha, Felish keyingi mavsumda turinliklarga YECHLda g‘olib chiqishda yordam berishi mumkin.

Ronaldu va Felishga mashhur Jorje Mendesh agentlik qiladi. Joauning o‘zi Krishtianu bilan bir jamoada to‘p tepishga qarshi emas. Benfika futbolchi uchun 120 million yevro so‘rashi mumkin.

Qayd etilishicha, italyanlardan tashqari Manchester Yunayted , Manchester Siti va Real da ham ushbu yosh futbolchiga jiddiy qiziqish mavjud.

Avvalroq, Yuventus Felishni qo‘lga kiritish uchun Paulo Dibalani Bavariya ga sotishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 23:00 22.04.2019. O'qildi: 3335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!