Portugaliya milliy terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu bo‘lajak Jahon chempionatidan kutayotgan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.
Musobaqa haqida gapirar ekan, tajribali hujumchi jamoadagi kayfiyat yuqori ekanini ta’kidladi.
«Biz juda xursandmiz va Jahon chempionati xuddi Yevropa chempionati kabi har doim o‘ziga xos maqomga ega musobaqa ekanini yaxshi tushunib turibmiz. Ushbu turnirga juda katta umid va maqsadlar bilan kirmoqdamiz.
Jismoniy holatimga kelsak, men a’lo darajadaman. Nahotki oxirgi o‘yinlarimni ko‘rmagan bo‘lsangiz?» — deya ta’kidladi 41 yoshli futbolchi.