Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ronaldu ketgach, “Real”ning Keynni sotib olishi osonlashadimi?

Ronaldu ketgach, “Real”ning Keynni sotib olishi osonlashadimi?

“Real” klubi “Tottenxem” hujumchisi Xarri Keynni sotib olishga kirishdi.

Xabaringiz bor, “qirollik klubi” jamoa yetakchisi Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashishga yaqin turibdi. Portugaliyalik yulduz katta ehtimol bilan “Yuventus” a’zosiga aylanadi.

“Marca” nashrining yozishicha, Madrid klubi rahbariyati Ronaldu ketganidan keyin Keynni qo‘lga kiritish oson bo‘lishiga ishonmoqda. Florentino Peres angliyalik hujumchining “shporlar” prezidenti Levi bilan munosabatlari yaxshi emasligidan foydalanib qolmoqchi. Qolaversa, “Real” rahbariyati Keynning “qirollik klubi”ning yetakchi hujumchisi bo‘lish taklifini qabul qilishiga ishonmoqda.

Kiritildi: 00:22 09.07.2018. O'qildi: 3455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!