Bugun 23 may, 2026 yil, shanba

КИР

Ronaldu jamoasi Gvardiolani murabbiylikka olib kelmoqchi

Ronaldu jamoasi Gvardiolani murabbiylikka olib kelmoqchi

Portugaliyalik markaziy hujumchi Krishtianu Ronaldu to‘p tepadigan Saudiyaning «An-Nasr» klubi ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiolani o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirgan. Bu haqda murabbiyning agenti Xosep Mariya Orobitg ma’lum qildi.

«Aloqalar bo‘lgan, lekin bundan uyog‘iga o‘tilmadi. Ular unchalik katta bo‘lmagan mablag‘ taklif qilishdi. Hozirgi vaqtda Gvardiola bo‘yicha hech qanday muloqot olib borilmayapti», — deya agentning so‘zlarini keltiradi Okaz.

Gvardiola 2016 yildan beri «Manchester Siti» bosh murabbiyi lavozimini egallab kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa olti marta APL chempioni bo‘ldi va Liga chempionlarida g‘olib chiqdi. Avvalroq ispaniyalik mutaxassis 2025/2026 yilgi mavsum yakunida «shaharliklar» lavozimini tark etishi e’lon qilingan edi.

Kiritildi: Bugun 16:27. O'qildi: 196 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!