«An-Nasr»ning sobiq matbuot kotibi Saud Al-Sarami Krishtianu Ronaldu qishki transfer oynasida klubni tark etishi mumkinligini istisno etmadi.
«Ronaldu “An-Nasr”da o‘yin bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan hech qanday vazifani bajarmaydi. U qishda klubni tark etishi mumkinligini istisno qilmayman. Bu Karim Benzema bilan avval sodir bo‘lgan holatga o‘xshash bo‘lishi mumkin va qaror faqat uning o‘z tashabbusi bilan qabul qilinishi ehtimol.
Ronaldu — allaqachon bosib o‘tilgan bosqich. U “An-Nasr”ga boshqa hech qanday foyda keltira olmaydi, shuning uchun ketishi kerak», — dedi Al-Sarami Al-Arabiya FM efirida.
Portugaliyalik hujumchi «An-Nasr» safida 2023 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda.