Bugun 7 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ronaldu faoliyatini yakunlagach 30 mln yevrolik hashamatli uyga ko‘chib o‘tmoqchi

Ronaldu faoliyatini yakunlagach 30 mln yevrolik hashamatli uyga ko‘chib o‘tmoqchi

Krishtianu Ronaldu Portugaliyada qurilgan hashamatli uyiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Qimmatbaho ko‘chmas mulkning qurilishi yakunlandi va u 30 mln yevrodan yuqori qiymatga baholanmoqda.

Qirg‘oq hududidagi ushbu uy mamlakatdagi eng yirik va eng qimmat koshonalardan biri sanaladi. Unda portugaliyalik yulduzning 12 mln funt sterlinglik superkarlar kolleksiyasi uchun yer osti avtoparki mavjud.

Uyning qurilishi uch yildan ortiq vaqt davom etdi. 8 ta yotoqxona, shuningdek, ulkan shisha basseyn, yer ostidan kuzatiladigan suv yo‘lagi, aqlli isitish tizimi, sport zali, yopiq va ochiq basseynlar, massaj xonasi va kinozal bilan jihozlangan.

Ronaldu oilasi uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan: 5 nafar farzandi uchun maxsus maydoncha, shuningdek, futbolchi va uning turmush o‘rtog‘i Jorjinya Rodrigez uchun shaxsiy plyaj mavjud. Intererda oltin kranlar, italyancha marmar va maxsus buyurtma asosida tayyorlangan Louis Vuitton freskasi ham borligi aytilmoqda.

Shu bilan birga, futbolchi yangi uy yaqinidagi golf maydonini ham sotib olishga uringan, biroq taklif qabul qilinmagani qayd etilgan.

Kiritildi: 09:54 05.01.2026. O'qildi: 727 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!