Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ronaldu faoliyatida ilk marta ketma-ket 2ta finalda yutqazdi

Ronaldu faoliyatida ilk marta ketma-ket 2ta finalda yutqazdi

«Napoli» klubi penaltilar seriyasida «Yuventus»ni mag‘lub etib, o‘z tarixida oltinchi marta Italiya kubogini qo‘lga kiritdi.
"
Mister Chip"  tarqatgan xabarga ko‘ra, so‘nggi 11 yil ichida ilk marta Krishtianu Ronaldu ishtirokidagi 2ta o‘yin ketma-ket golsiz durang bilan yakunlandi. Turinliklar "Milan"ga qarshi bo‘lib o‘tgan yarim finalning javob uchrashuvining aksariyat vaqtida raqibdan bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynashganiga qaramay, raqib darvozasiga yo‘l topa olishmadi. Ronaldu esa bundan 4 kun ilgari o‘tkazilgan uchrashuvda penaltidan gol ura olmagan edi.
Bungacha Ronalduning jamoasi 2009 yilda ketma-ket ikkita uchrashuvda 0:0 hisob qayd etgan edi. O‘shanda «Manchester Yunayted» 24 fevral kuni Chempionlar ligasi doirasida «Inter», 1 mart kuni esa Liga kubogi doirasida «Tottenxem» bilan nursiz durangga imzo chekkan edi.
Shuningdek, Ronaldu faoliyatida ilk marta ketma-ket 2ta finalda yutqazdi. «Yuventus» dekabr oyida Italiya superkubogi uchun o‘tkazilgan «Lasio»ga qarshi bahsda imkoniyatni boy bergan edi.

Kiritildi: 11:12 18.06.2020. O'qildi: 2774 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!