Bugun 12 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ronaldu dunyoning eng mashhur sportchisi, Messi esa uchinchi o‘rinda​...

Ronaldu dunyoning eng mashhur sportchisi, Messi esa uchinchi o‘rinda​...

«Real»ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu ESPN nashri talqiniga ko‘ra, ketma-ket uchinchi bor dunyoning eng mashhur sportchisi deya topildi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Reyting reklama shartnomalari, ijtimoiy tarmoqlardagi o‘quvchilari va internetdagi qidiruvlar soni asosida tuzilgan.

Kuchli uchlikdan «Klivlend» basketbolchisi Lebron Jeyms va «Barselona» hujumchisi Lionel Messi o‘rin olgan.

Top-10 dunyoning eng mashhur sportchilari:
1. Krishtianu Ronaldu («Real», futbol);
2. Lebron Jeyms («Klivlend», basketbol);
3. Lionel Messi («Barselona», futbol);
4. Neymar (PSJ, futbol);
5. Rojer Federer (tennis);
6. Tayger Vuds (golf);
7. Kevin Dyurent («Golden Steyt», basketbol);
8. Rafael Nadal (tennis);
9. Stefen Karri («Golden Steyt», basketbol);
10. Fil Mikelson (golf).
Reytingda futbolchilardan Garet Beyl (19-o‘rin), Mesut O‘zil (22), Xames Rodriges (23), Zlatan Ibragimovich (25), Ueyn Runi (26), Andres Inyesta (28) va Paulo Dibala (29) ham o‘rin olishgan.

Kiritildi: 01:10 23.05.2018. O'qildi: 1744 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!